Preparat tarkibiga kiruvchi albendazolning ta’sir etish mexanizmi gelmintlarning uglevod almashinuvini buzishdan iborat, bu ularning o’limiga va hayvonning organizmidan chiqarilishiga olib keladi. Preparat og’iz orqali ichilganda albendazol oshqozon-ichak tizimida tez so’riladi va a’zolarga va to’qimalarga kirib o’zlashadi; organizmdan asosan siydik va najas bilan chiqariladi. Ovotsid ta’siriga ega bo’lgan preparat yaylovlarning gelmintlar yuqishini kamaytiradi.
Klozantelning ta’sir etish mexanizmi parazitning oksidlovchi fosforillash jarayonini to’xtatilishidan iborat. Preparatning o’ziga xos ta’siri ATF fermentini kuchaytirishdan iborat, bu esa fosforillash va elektronlarning o’tishi jarayonining to’xtashiga olib keladi, bu holat parazitning energetik metabolizmini o’limiga olib keladigan tarzda o’zgartiradi.
Preparatning tarkibiga kiruvchi albendazol va klozantel, sinergik ta’siriga ega bo’lib, kavsh qaytaruvchi hayvonlarning endo- va ektoparazitlari, shu jumladan trematodalar, nematodalar, sestodalar, jumladan benzimidazollarga chidamli parazitlar, shuningdek so’nalar lichinkalari va sarkoptoid kanalarining o’limini keltirib chiqaradi.
Issiq qonli hayvonlar uchun zaharliliga ko’ra preparat 4-xavflilik toifasiga kiradi – «kam xavfli preparatlari» (GOST 12.1.007). Davolaydigan dozasida teratogen, embriotoksik, mutagen ta’siriga va allergiya keltirib chiqaruvchi xususiyatiga ega emas.