Preparatning ta’sir etish mexanizmi shundan iboratki, koksidiyalarning metabolik enzimlarining tizimida amprolium tiaminning o’rnini bosib, koksidiyalarning hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan uglevodlarning metabolizmini izdan chiqaradi.
Amprolium issiq qonli hayvonlar uchun o’rtacha zaharli preparatlarga kiradi, tavsiya etilgan dozalarida mutagen, sezgirlikni oshiruvchi, embriotoksik va teratogen ta’sir ko’rsatmaydi, va koksidiozga immunitetning shakllanishiga to’sqinlik qilmaydi.
Og’iz orqali ichilganda amprolium oshqozon-ichak tizimida amalda so’rilmaydi, va shillik pardalarda, shilliq osti qavatlarida o’zining koksidiyalarga qarshi ta’sirini ko’rsatadi. Amprolium asosan o’zgarmagan shaklida – najas bilan, 3-4 kun davomida chiqariladi.