BROMOLON

Don asosidagi foydalanish uchun tayyor yolg’on yem, tarkibida faol ta’sir etuvchi modda sifatida 0,005% (50 mg/kg) bromadiolon mavjud. Tashqi ko’rinishiga ko’ra butun donlar yoki butun va maydalangan donning aralashmasidan iborat. Doni qizil yoki boshqa yorqin rangga bo’yalgan, bu kishilarga ushbu vositani haqiqiy dondan uzil-kesil farqlash imkonini beradi.

Preparat polimer qoplamadan paketlarga 0,1-1,0 kg dan va ko’p qatlamli polimer qoplarga 1,0-10,0 kg dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.
Polimer qoplamadan paketlar transport o’ramiga – g’ijim karton yashiklarga yoki kraft qog’oz qoplarga solinadi. Vazni 5 kg gacha bo’lgan paketlar termik kichrayib tortiladigan qoplamaga o’raladi. Har bir iste’mol o’ramining yorlig’ida, boshqa ma’lumotlardan tashqari, majburiy tartibda «Ehtiyot bo’ling – Zahar» yozuvi kiritiladi.

Preparatni alohida ehtiyotlik bilan (A ro’yxati – qulflanadigan shkaf ichida), zavod o’ramida, quruq, salqin joyda, bolalar va hayvonlar zinhor yeta olmaydigan joyda, oziq-ovqat mahsulotlaridan va yemdan alohida saqlash, hamda uning kelishi va sarflanishini qayd etish lozim. Preparatning ko’rsatilgan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 1 yil.

Bromadiolon antikoagulyant zaharli moddalariga kiradi. Uning ta’sir etish mexanizmi jigarning protrombin hosil qilishi jarayonining buzilishiga asoslangan, bu qon ivishini pasaytiradi va qon tomirlari butunligini shikastlaydi.

Bromadiolon, kemiruvchilarning oshqozon-ichak tizimiga tushganda, sekin eriydi va qonga so’riladi, shuning uchun zaharlanish sekin (3-4 kundan keyin) rivojlanadi, lekin juda kichik dozalari ham ta’sir ko’rsatadi. Kulrang kalamushlar uchun o’rtacha o’limga olib keluvchi dozasi bir marta kiritilganda 2,0 mg/kg ni tashkil etadi.

Oksikumarinning hosila moddalari inson organizmiga ta’siri darajasiga ko’ra 1-xavflilik sinfiga kiradi (yuqori xavfli moddalar). Bundan tashqari, bromadiolon kuchli ifodalangan kumulyativ xususiyatiga ega, bu uni organizmga muntazam kiritilganda xavfliligini oshiradi.

Yolg’on yem kalamushlar uchun 100 g va sichqonlar uchun 25 g vaznida, qoshiq bilan kemiruvchilarning inlari va teshiklari yonida, lekin bolalar va uy hayvonlari yeta olmaydigan joylarda qo’yib chiqiladi. Yuqorida ko’rsatilgan ehtiyot choralariga rioya qilib, «Bromolon» yemini paketlar ichida, ularni ochmay turib qo’yib chiqish mumkin. Yolg’on yemni faqat kemiruvchilar kira oladigan qilib jihozlangan maxsus yashiklarda joylashtirish yaxshiroq bo’ladi.

Har bir 100 m2 da, ob’ektda kemiruvchilar yashashining miqdoriga qarab, 1 dan 5 tagacha yolg’on yem nuqtalari joylashtiriladi. Yolg’on yem yeyilib borishi bilan, u umuman yeyilmay qolguncha, qo’shib boriladi. Kalamushlar va sichqonlarning o’limi yolg’on yem yeyilishi paytidan boshlab 4-5 kun o’tganda boshlanadi.

Vaqt-vaqti bilan kemiruvchilar keladigan ob’ektlarda, profilaktika qirish choralarini o’tkazishga yo’l qo’yiladi. Bu maqsadda ozgina yolg’on yem kemiruvchilar ehtimoliy paydo bo’lishi mumkin bo’lgan joylarda vaqt-vaqti bilan qo’yib chiqiladi.

DIQQAT! Preparat juda muhim ehtiyot choralari, nojo’ya ta’sirlarga va man etilgan holatlarga ega, barcha batafsil ma’lumotlarni kompaniya saytidan yoki preparatning qo’llash bo’yicha yo’riqnomasidan olishingiz mumkin.

Bromolon molboqarlik fermalarida va boshqa veterinariya nazorati ob’ektlarida kalamushlarga va sichqonlarga qarshi kurashish uchun qo’llanadi.

Tashqi ko’rinishiga ko’ra butun donlar yoki butun va maydalangan donning aralashmasidan iborat. Doni qizil yoki boshqa yorqin rangga bo’yalgan, bu kishilarga ushbu vositani haqiqiy dondan uzilkesil farqlash imkonini beradi.