BUPARVALEK

«Buparvalek» – yirik qoramolning teyleriozlarini davolash va profilaktika qilish uchun mo’ljallangan inyeksiyalar uchun eritma shaklidagi dori preparati

Preparat qizil la’l rangli, ko’rinuvchan mexanik aralashmalari bo’lmagan shaffof, steril eritmadir. 1 ml preparat ichida 50 mg buparvakvon, shuningdek qo’shimcha moddalar mavjud.

«Buparvalek» shisha yoki polimer idishlarda 10; 20; 50; 100; 200 va 250 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi. Preparat ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha), quruq, qorong’i joyda, 0°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. Preparatning belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati –2 yil.

Buparvakon ham shizontlar bosqichidagi, ham piroplazmalar bosqichidagi teyleriyalarga nisbatan faol ta’sir etadi.

Buparvakonning ta’sir etish mexanizmi hozirgi paytda to’liq aniq-lanmagan. U taxminan teyleriyalarning mitoxondriyalarida elektronlar ko’chishi mexanizmini izdan chiqaradi. Buparvakonni qo’llash hujayralar tuzilmalari darajasida parazitlarning sitoplazmasida kuchayib boruvchi vakuollashuvga olib keladi, vaqt o’tishi bilan bu parazitning tashqi membranalari va yadroviy membranalari tuzilmasining buzilishiga olib keladi. Shu bilan birga, buparvakon teyleriyalar parazitlik qiluvchi hujayralarning hujayra ichidagi tuzilmalarini (shu jumladan mitoxondriyalarni) shikastlamaydi.

Mushak ichiga kiritilganda preparat to’qimalarda uzoq saqlanadi. Buparvakvonning yarim chiqarilish davri – 7 kunga yaqin.

Preparat bir marotaba, hayvonning 20 kg tirik vazniga 1 ml preparat dozasida qo’llanadi, bu 1 kg vazniga 2,5 mg buparvakvonni tashkil etadi. Preparatni kiritish usuli – mushak ichiga, bo’yin sohasiga kiritiladi.

Og’ir holatlarda preparat birinchi kiritishdan keyin 48-72 soatdan so’ng, xuddi shunday dozada takroriy qo’llanadi.
Alohida ko’rsatmalar. Bitta inyeksiya joyiga 10 ml dan ortiq preparatni kiritish tavsiya etilmaydi. Zarur bo’lganda, kiritilgan doza yarmisidan bo’linadi va bo’yinning ikki tomonidan kiritiladi.

«Buparvalek» yirik qoramolga Theiria parva, T. annulata, T. mutans, va T. Orientalis tomonidan qo’zg’atiladigan teyleriozda, davolash va profilaktika maqsadida belgilanadi.

Inyeksiya joyida ba’zan mahalliy, og’riqsiz shishlar paydo bo’lishi mumkin, ular vaqt o’tib o’zi yo’qoladi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparatni teri ostiga yoki tomirning ichiga kiritish mumkin emas.

Hayvonlarni go’sht uchun so’yish preparatni kiritish to’xtatilganidan keyin 42 kundan so’ng ruxsat etiladi.Preparatni oxirgi kiritishdan keyin 2 sutka ichida sutni oziq-ovqat maqsadida ishlatish taqiqlanadi.