Preparatining tarkibi faol ta’sir etuvchi moddalarni xususiyatlariga bog’liq bo’lib, Butafasfan va Vitamin B12 ular quvvatni oshirish xususiyatiga ega, Butafasfan - energiya almashinuvini kuchaytiradi, jigarni barcha funksiyalarini faollashtiradi, organizmni kasalliklarga chidamliligini oshiradi, silliq muskullarni kuchaytiradi va uning xarakatni oshiradi, miokard ishini tiklaydi, suyaklarning o’sishini tezlashtiradi, Oqsil, yog’ va uglevod moddalarini organizmda to’planishini oshiradi, bu esa parrandalarning organlarini va to’qimalarini o’sish va rivojlanishini tezlashtiradi. Vitamin B12 qon ishlab chiqarilishini yaxshilayda, mushaklar to’qimasining energiya manbai hisoblanadi, organizmdagi yog’lar va karbon kislotalar almashinuvini kuchaytiriladi, oziq-ovqat qabul qilish jarayonini normallashtradi, limfotsitlarni normal darajasida tiklaydi.

Parrandalarda moddalar almashinuvini normallashtirish,  mahsuldorlikni oshirish  hamda rezistentligini kuchaytirish va kasallikarda qo’shimcha vosita.

Konnibalizm (bir birini cho’qilash) kasalligida parranda bosh sonini saqlash uchun;   Har xil etiologik kasalliklarda va tashqi muxitni noqulay omillariga organizmni qarshiligini oshirish uchun, ruxiy zarbia issiqlik stresida; Jigarni barcha funksiyalarini oqsil, uglevod va yog’li moddalar almashinuvi jarayonlarini normallashtirish uchun; Jo’jani o’sishi va rivojlanishi, mahsuldorlikni oshirish, tuxum sifatini yaxshilash uchun.

Og’iz orqali ichish uchun suv bilan 4-5 kun davomida qo’llaniladi:

-tuxum va  go’sht uchun boqiladigan tovuqlarga 1 l. suvga 2-3ml;

-jo’jalarga 1 l. suvga 1-1,5 ml;  -go’sht uchun boqiladigan jo’jalarga issiqlik ruxiy zarbasini (issiqlik stresi) tushirish uchun 1 l. suvga 20 ml;

Tafsiya etilgan do’zalarda asoratlar va nojoya tasirlar ko’rsatmaydi. Preparatni  boshqa dori-darmonlar va yem qo’shimchalar bilan birga qo’llash mumkin.

Preparatni qo’llagandan keyin parrandalardan olingan maxsulotlar oziq ovqat uchun foydalanish mumkin.