BUTAMIN

Qora mollar, otlar, qo’y echkilar, cho’chqalar, it mushuklar go’shtxo’r hayvonlar kasalliklarini davolash va profilaktika sifatida yordamchi vosita.

Preparat  quvvatni oshirish xususiyatiga ega. Oqsil, yog’ va uglevod moddalarini organizmda to’planishini oshiradi, tashqi muxitni noqulay omillarga organizmning kasalliklarga chidamliligini oshiradi, xayvonlarni  o’sishi va rivojlanishiga yordam beradi.

Qon ishlab chiqishni kuchaytiradi, Jigar zayiflashkanda uning tiklanishi va ishlashni yaxshilaydi. Silliq muskullarni xarakatlanishni oshiradi hamda yurak ishini tiklaydi.

Qora mollar, otlar, qo’y echkilar, cho’chqalar, it mushuklar go’shtxo’r hayvonlar kasalliklarini davolash va profilaktika sifatida yordamchi vosita.

-noto’g’ri oziqlantirishdagi kasalliklar va moddalar almashinuvi buzilganda;  -quyidagi har xil (bakteriali, virusli, gelmintoz, zaharlanishlar, hashoratlar, va kanalar qo’zg’aydigan kasalliklar)da quvvatni oshiruvchi vosita sifatida;  -Jigar zayiflashkanda va boshqa orgonlarning tiklanish jarayonni normallashtirish uchun;  -Organizmda kalsiy va magniy yetishmasligi  bilan bog’liq kasalliklarni davolaganda qo’shimcha vosita sifatida, xomiladorlik davrida;  -Akusher ginekologik amaliyotida tug’ruqdan keyingi kasalliklarni profilaktika va davolash, tug’ishdan keyingi quvvatsizlikda, kuch to’plash, quvvatini oshirish uchun; -Salbiy ruxiy zarba (stress) bo’lganda; -Hayvonlarni maxsuldorligini oshirish, o’sish va rivojlanishini kuchaytirish;  -Chopadigan sportchi otlarga chidamlilik  va qo’shimcha kuch berish uchun (musoboqadan 2-3 kun avval);

O’tkir kechadigan kasalliklarda  “Butamin”  4-5 kun davomida mushak ichiga, teri ostiga yoki tomir ichiga sekin qo’llaniladi. Preparatni bir sutkalik do’zalari (bir bosh xayvonga)

yirik qoramollar, otlar                             10-25 ml

buzoqlar                                                       5-12 ml

qo’ylar, echkilar                                       2,5-10 ml

qo’zilar, uloqlar                                          2,5-8 ml

cho’chqalar                                               2,5-10 ml

emadigan cho’chqa bolalari                     1-2,5 ml

Itlar mushuklar                                           0,5-5 ml

go’shtxo’r hayvonlar                                  0,5-5 ml

Boshqa dori-darmonlar va yem- xashaklar qo’shimchalar bilan bir vaqda qo’llash mumkin. Lekin tarkibida B1 va B6 vitaminlari bo’lgan boshqa preparatlarni aralashtirish mumkin emas.

Preparatni qo’llashdan keyin, hayvonlar maxsuloti oziq-ovqat maqsadida foydalanish mumkin.