ENROVIT 10%

«Enrovit 10%» kukuni – antibakterial preparat bo’lib, 1 g tarkibida 100 mg enrofloksatsin gidroxlorid va to’ldiruvchi moddalar: glyukoza monogidrati yoki boshqa shakarli tarkibiy moddalar (laktoza, saxaroza) mavjud.

Tashqi ko’rinishiga ko’ra oq-sariq rangli bir jinsli kukundir.

Preparat germetik yopishtirilgan ikkitalik polietilen paketlarda yoki plastik bankalarda 100, 250, 500 va 1000 g dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

Preparatni quruq, qorong’i joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +2°C dan +30°C gacha bo’lgan haroratda saqlash lozim. Belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 3 yil.

Enrofloksatsin ftorxinolonlar guruhiga kiradi, mikroorganizmlarda olma kislotasining biosintezini ingibirlaydigan DNK-giraza fermentiga ta’sir etadi, bu esa ularning morfologik o’zgarishlarini va o’limini keltirib chiqaradi. Ushbu o’ziga xos ta’sir etish mexanizmi avvalgi avlodlarga mansub antibiotiklarga va kimyoviy davolash vositalariga plazmidlar ishtirokidagi chidamlilik rivojlanishi imkoniyatini yo’q qiladi.

Enrofloksatsinning gram-musbat bakteriyalar (stafilokokklar, streptokokklar, korinebakteriyalar, klostridiyalar va listeriyalar), gram-manfiy bakteriyalar (ichak tayoqchasi, salmonellalar, klebsiyellalar, protey-lar, iyersiniyalar, gemofil bakteriyalar, pasterellalar, aktinobatsilluslar, psevdomonalar, bordetellalar, brutsellalar, kampilobakteriyalar) va mikoplazmalarga nisbatan antibakterial ta’siri aniqlangan.

«Enrovit 10%» kukuni og’iz orqali ichib yoki yem bilan aralashtirib, davolash maqsadida
sutkasiga bir marta qo’llanadi.

Kavsh qaytaruvchi hayvonlar, cho’chqalar va quyonlarga sutkalik dozasi hayvonning 1 kg tana vazniga 3-5 mg enrofloksatsin (0,3-0,5 g preparat - 10 kg uchun) hisobidan belgilanadi. Davolash kursi - kasallikning og’irligiga qarab, 3-5 kun.

Parrandalarga - 100 g preparat 200 l ichimlik suvida suyultiriladi va 3 kun davomida beriladi. Salmonellyoz holatida – 5 kungacha.

Mo’ynali hayvonlarga (norka, tulki, shimol tulkisi), itlarga sutkalik dozasi hayvonning 1 kg tana vazniga 5 mg enrofloksatsin (0,5 g preparat - 10 kg uchun) hisobidan belgilanadi. Davolash kursi - kasallikning og’irligiga qarab, 3-5 kun. Profilaktika maqsadida 3-5 kun davomida preparatning davolash dozasining yarmisi belgilanadi.

Enrovit 10% kukuni qishloq xo’jalik hayvonlar va parrandalarda quyidagi kasalliklarni profilaktika qilish va davolash uchun mo’ljallangan:

- kavsh qaytaruvchi hayvonlar: enteritlar, respiratorli yuqumli kasalliklar, kolibakterioz, pas¬terellyoz, salmonellyoz, mikoplazmoz, klostridioz, dizenteriya, leptospiroz;

- parrandalar: surunkali respirator kasalliklar, septitsemiya, tovuq o’lati va tovuq tifi, salmonellyozlar, stafilokokkozlar, streptokokkozlar, mikoplazmozlar, vibriozli gepatit va hokazo;

- quyonlar: pasterellyoz, enterotoksemiya, enteritlar, dizenteriya, respiratorli yuqumli kasalliklar, listerioz, endometrit, tumov, rodentioz va hokazo;

- cho’chqalar: oshqozon-ichak tizimining bakterial kasalliklari (kolidiar¬reya, koliseptitsemiya) va nafas olish yo’llarining bakterial kasalliklari;

- mo’ynali hayvonlar (norka, tulki, shimol tulkisi), itlar: oshqozon-ichak tizimining va nafas olish yo’llarining bakterial kasalliklari, leptospiroz.

Uning rahbarligi ostida preparat bilan ishlov beriladigan veterinar mutaxassis hayvonlar va parrandalarning holatini kuzatib turishi shart.

Yirik qoramol, qo’ylar, quyonlar va tovuqlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 7 kun, cho’chqalarni 5 kun, kurkalarni 14 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi, olingan sutni va tuxumlarni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish davolash davrida va preparatni oxirgi kiritishdan keyin 7 sutka davomida taqiqlanadi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti, olingan sut va tuxum faqat yem maqsadlarida ishlatilishi lozim.