GELMINTOL

UMUMIY MAʼLUMOTLAR

Oral (ogʻiz orqali) qoʻllash uchun “Gelmintol ” suspenziyasi.  Taʼsir qiluvchi modda sifatida 1 ml “Gelmintol ” suspenziyasi tarkibida 50,0 mg  albendazol va 37,5 mg oksiklozanid mavjud. Bundan tashqari, preparatning tarkibiga qoʻshimcha komponentlar (quyuqlashtirgichlar, konservantlar, stabillagichlar) qoʻshilgan. Preparat tashqi koʻrinishi boʻyicha oʻzidan och sariqdan och kul ranggacha boʻlgan suspenziyani ifodalaydi. Preparat saqlanganida, chayqatishda yoʻq boʻlib ketadigan qatlamlarga ajralishga yoʻl qoʻyiladi.  Preparat 100, 200, 250, 500 va 1000 ml polimer idishlarda qadoqlanib ishlab chiqariladi.  Saqlash shartlariga rioya qilinishida preparatni yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 2 yil.

“Gelmintol ” suspenziyasi keng taʼsir qilish spektridagi kombinatsiyalangan antigelmint preparatlar guruhiga taʼlluqlidir.  Preparatning tarkibiga kiruvchi albendazol jinsiy yetilgan va yetilmagan oshqozon-ichak trakti va oʻpka nematodlariga nisbatan, shuningdek jinsiy yetilgan sestodlar va trematodlarga nisbatan faol. Ovotsid taʼsirga ega boʻlib, yaylovlarni gelmintlar bilan zararlanishini kamaytiradi. Albendazolning taʼsir qilish mexanizmi gelmintlarni uglevodli almashinuvini va mikrotubulyar funksiyasini  buzishdan iborat, bu ularni halok boʻlishiga olib keladi.  Oksiklozanid, choʻchqalar va kavsh qaytaruvchi hayvonlarda parazit boʻlib yashovchi trematodlani, shu jumladan Fasciola spp., Paramphislomum spp., Dicrocoelium lanceatum, shuningdek parrandalarda parazit boʻlib yashovchi  Echinostoma revolutum, Prostogonimus ovalus ni rivojlanishini barcha fazalariga aniq aks etgan trematodotsid taʼsirga ega. Oksiklozanidni taʼsir qilish mexanizmi, fumaratreduktaza va degidroginaza suksinatlarini faolligini pasayishidan, trematodlarda fosforillanish jarayonlarini buzilishidan iborat, bu gelmintlarni falajlanishiga va halok boʻlishiga olib keladi.  Preparat (ogʻiz orqali) kiritilganida oksiklozanid va albendazol oshqozon-ichak tizimiga tezda soʻriladi, organlar va toʻqimalarga singadi; organizmdan asosan peshob va qisman najaslar bilan oʻzgarmas shaklda va metabolitlar koʻrinishida chiqib ketadi.  “Gelmintol ”  suspenziyasi  organizmga  taʼsir  qilish  darajasi  boʻyicha  kam  xavfli  moddalarga  taʼlluqlidir (GOST 12.1.007 boʻyicha xavflilikni 4 sinfi), tavsiya etiladigan dozalarda hayvonlar tomonidan yaxshi oʻzlashtiriladi.

Yirik shoxli mollar, qoʻy va echkilarga preparat ogʻiz orqali, bir marotaba, alohida quyidagi dozalarda qoʻllaniladi:

-  oshqozon-ichak  traktini  nematodozlarida  (gemonxoz,  bunostomoz,  ezofagostomozы,  nematodiroz,  xabertioz,  kooperioz, strongiloidoz, trixostrongilez, trixotsefalez, neoaskarioz), oʻpka nematodozasi (diktiokaulez, myullerioz, sistokaulez) va sestodozlarda (moniyezioz, avitellinoz, tizaniyezioz) hayvon tirik vaznini 5 kg ga 1 ml dozada;

trematodozlarda (fassiolez, dikrotselioz, euritremoz va paramfistomatoz), shuningdek ostertagioz va protostrongilezda – hayvon tirik vaznini 5 kg ga 1,25 ml.

Choʻchqalarga nematodozlarda (askaridoz, ezofagostomoz, metastrongilez, trixotsefalez, strongiloidoz) va fassiolyozda preparat ogʻiz orqali bir marotaba alohida hayvon tirik vaznini 5 kg ga 1,0 ml dozada qoʻllaniladi.

Gʻoz, oʻrdak va tovuqlarga nematodozlarda (ganguleterakidoz, askaridioz, geterakidoz), trematodozlarda (exinostomatidoz, prostogonimoz) va sestodozlarda (drepanidotenioz, gimenolepidoz, rayetinoz) preparat ertalabki ozuqlantirishda ozuqa bilan ikki kun ketma-ket alohida yoki guruhli usul bilan (koʻpi bilan 100 bosh) parranda tirik vaznini 5 kg ga 1 ml dozada qoʻllaniladi.

Preparat hisoblangan dozada, bir bosh parrandaga 50 g ozuqa hisobida ozuqa bilan aralashtiriladi.

Qoʻllashdan oldin suspenziyani yaxshilab chayqatish kerak.

 

“Gelmintol ” suspenziyasi nematodozlar, sestodozlar va trematodozlarda yirik shoxli mollar, qoʻy, echki, choʻchqa, tovuq, gʻoz va oʻrdaklarni gelmintsizlantirish uchun qoʻllaniladi.

Ushbu yoʻriqnomaga muvofiq “Gelmintol ” suspenziyasini qoʻllashda nojoʻya taʼsirlar va asoratlar odatda kuzatilmaydi. Kam holatlarda oʻz-oʻzidan oʻtib ketadigan va dori vositalarini qoʻllashni talab etmaydigan alohida reaksiyalar boʻlishi mumkin (siqilish holatlari, kuchli salivatsiya, diareya).  Preparatini prazikvantel, azinoks va deksametazon bilan birgalikda qoʻllash, hayvon qonida albendazol konsentratsiyasini oshib ketishiga olib keladi. “Gelmintol ” suspenziyasini xlororganik va fosfororganik preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllash kerak emas.

Yirik shoxli mollar, qoʻy, echki va choʻchqalarni degelmintizatsiyadan soʻng kamida 21 sutkadan keyin, parrandalarni kamida 5 sutkadan keyin soʻyishga ruxsat etiladi.

Sogʻiladigan hayvonlarning suti, preparat qoʻllanilganidan keyin kamida 4 sutkadan soʻng oziq-ovqat maqsadlarida ishlatilishi mumkin.

Oʻrnatilgan muddatdan oldin majburiy soʻyilgan hayvonlarning goʻshtlari va koʻrsatilgan muddatlar tugashigacha olingan sut, moʻynali hayvonlarni oziqlantirish yoki goʻsht-suyakli un ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.