GENTAMITSIN 4%

«Gentamitsin eritmasi 4%» (Solutio gentamycini 4%).

Faol ta’sir etuvchi modda – gentamitsin sulfat.

Preparat rangsiz holatdan och sariq ranggacha bo’lgan, ko’rinuvchan mexanik aralashmalari bo’lmagan shaffof suyuqlikdir. 1 ml preparat ichida 40 mg gentamitsin mavjud.

Preparat shisha flakonlarda 10; 20; 50; 100; 200 va 250 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

Preparat B ro’yxati bo’yicha, quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. Preparatning belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 2 yil.

Gentamitsin keng doirali mikroblarga qarshi ta’siriga ega, penitsillinlarga va boshqa antibiotiklarga chidamli stafilokokklarning shtammlariga nisbatan; ba’zi streptokokklar shtammlari, ko’pgina gram-manfiy mikroorganizmlarga (ko’k yiring tayoqchasi, klebsiyella, enterobakter, salmonellalar, shigellalar, protey) nisbatan yuqori samarali ta’sir etadi. Antibiotik anaerob bakteriyalarga, viruslarga, eng sodda hayvonlarga va zamburug’larga ta’sir etmaydi.

Preparat yuqori bioo’zlashuvchanlikka ega. Mushak ichiga kiritilganda ko’pgina a’zolarga va to’qimalarga yaxshi kirib o’zlashadi. Preparatning qondagi maksimal konsentratsiyasiga kiritishdan keyin 30-60 daqiqa o’tganda erishiladi. Bir martalik inyeksiyadan keyin antibiotikning organizmdagi davolaydigan konsentratsiyasi 8-12 soat davomida saqlanadi. Organizmdan asosan buyrak bilan chiqariladi, siydikda yuqori konsentratsiyasi hosil bo’ladi.

Preparat mushakning ichiga quyidagi dozalarda kiritiladi:

yirik qoramolmayda shoxli mol (qo’ylarechki), otlar va cho’chqalar: hayvonning 10 kg tana vazniga 0,5-0,75 ml eritma (1 kg tana vazniga 2-3 mg gentamitsin) kuniga ikki marta;
- itlar va mushuklar: birinchi kuni – hayvonning 10 kg tana vazniga 1,0 ml eritma kuniga ikki marta (1 kg vazniga 4 mg gentamitsin); ikkinchi va undan keyingi kunlari – hayvonning 10 kg tana vazniga 1,0 ml eritma kuniga bir marta. Yangi tug’ilgan hayvonlarga hayotining birinchi kunlarida tavsiya etilgan dozaning faqat yarmisi beriladi. Davolash kursi 3 – 5 kun.

Gentamitsinning 4% eritmsi yirik qoramol va mayda shoxli mol, otlar, cho’chqalar, itlar, mushuklarga respirator va oshqozon-ichak kasalliklarini, sepsis, peritonit, piyelonefrit, artritlar, poliartritlar, dermatitlar (itlarda) va gentamitsinga sezgir mikroorganizmlar bilan qo’zg’atilgan boshqa hayvonlar kasalliklarini davolash uchun qo’llanadi.

Sezgir hayvonlarda allergik reaksiyalar bo’lishi mumkin (teri toshmalari, qichishish, bezgak). Preparat ototoksik va nefrotoksik ta’siriga ega. Preparatni uzoq qo’llash eshitish a’zolari va sakkizinchi miya nervining funksiyalari buzilishiga sabab bo’lishi mumkin (itlar va mushuklarda), shuningdek homilaga zararli ta’sir ko’rsatishi mumkin.

MAN ETILGAN HOLATLAR: Buyrak funksiyasining buzilishi, gentamitsinga o’ta sezgirlik, boshqa nefrotoksik preparatlar, miorelaksantlar va ba’zi umumiy anestetiklar bilan bir vaqtda qo’llash, gentamitsinga o’ta sezgirlik. Gentamitsinni penitsillinlar, ba’zi sefalosporinlar, boshqa aminoglikozid antibiotiklar (kanamitsin, neomitsin, streptomitsin), xloramfenikol, kolistin, polimiksin, sulfanilamidlar bilan bir vaqtda qo’llash mumkin emas. Gentamitsin 4% eritmasini antibiotik-aminoglikozidlarga yuqori sezgirlik bo’lganda va homiladorlik paytida ehtiyotlik bilan qo’llash lozim.

MAHSUS KO’RSATMALAR: Gentamitsin 4% eritmasini boshqa dori preparatlari bilan bitta shpritsda aralashtirish mumkin emas. Gentamitsin 4% eritmasini antibiotik-aminoglikozidlarga yuqori sezgirlik bo’lganda va homiladorlik paytida ehtiyotlik bilan qo’llash lozim.

Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 21 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Inyeksiya joyi va buyrak oziq-ovqat maqsadlari uchun 45 kun davomida ishlatilmaydi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali hayvonlarga yedirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.

Preparat qo’llanilgan hayvonlardan olingan sutni kishilarga ovqat maqsadlari uchun  preparatni qo’llash to’xtatilganidan keyin 3 kun davomida ishlatish taqiqlanadi. Bunday sutni hayvonlarni oziqlantirish uchun ishlatilishi mumkin.