IMISAN

«Imisan» (Imisan) – yirik qoramol va mayda shoxli mollar, otlar va itlarning qon-parazitar kasalliklarini davolash va profilaktika qilish uchun, inyeksiyalar uchun eritma shaklidagi dori vositasidir.

«Imisan» tarkibida ta’sir vositasi sifatida, 1 ml preparatda 120 mg imidokarb dipropionat mavjud.

«Imisan» sariq rangli eritma shaklida chiqariladi.

«Imisan» tegishli hajmidagi, rezina tiqinlar bilan zich yopilgan va alyuminiyli qalpoqchalar bilan o’rab yopilgan to’q rangli shisha flakonlar yoki butilkalarga 10, 20, 50, 100 ml dan o’rab qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

«Imisan» ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha) quruq, yorug’likdan pana joyda, +2°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. Saqlash sharoitlariga rioya qilgan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 2 yil.

Ta’sir etuvchi vositasi - imidokarb dipropionat - babezioz, nuttallioz, anaplazmozning qo’zg’atuvchilariga nisbatan faol ta’sir ko’rsatadi. Ta’sir etish mexanizmi qon parazitlarida poliamin moddalarining metabolizmini ingibirlashga asoslangan.

Parenteral kiritishdan keyin 18-24 soatdan so’ng imidokarb dipropionatning qondagi terapevtik konsentratsiyasiga erishiladi, va uning qondagi piroplazmostatik darajasi 4-6 hafta davomida saqlanadi. Imidokarb dipropionat asosan buyrak va jigarda yig’iladi; organizmdan asosan siydik bilan o’zgarmagan holatida chiqariladi.

«Imisan» organizmga ta’sir etish darajasiga ko’ra kam xavfli moddalarga kiradi

«Imisan» hayvonlarga bir marotaba, bo’yin soxasiga mushak ichiga (yirik qoramol, otlar va qo’ylar) yoki bo’yin soxasiga teri ostiga (itlar), aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qlgan holda, quyidagi dozalarda kiritiladi:

Hayvonlarning turi Imisan dozasi
Babezioz Anaplazmoz Aralash invaziya
Davolash maqsadida
Yirik qoramol 100 kg vazniga 2,0 ml 100 kg vazniga 2,5 ml 100 kg vazniga 2,5 ml
Mayda shoxli mol 10 kg vazniga 0,2 ml - -
Otlar, eshaklar, xachirlar 100 kg vazniga 2,5 ml - -
Itlar 10 kg vazniga 0,25-0,5 ml - -
Profilaktika maqsadida
Yirik qoramol - - 100 kg vazniga 2,5 ml
Otlar, eshaklar, xachirlar 00 kg vazniga 2,0 ml - -
Itlar 10 kg vazniga 0,5 ml - -

Otlar, eshaklar va xachirlarni B.caballi va B.equi qo’zg’atuvchilaridan tozalash maqsadida davolash quyidagi sxema bo’yicha o’tkaziladi:

Hayvonlarning turi Doza, hayvonlarning 100 kg tana vazniga ml
B.caballi B.equi
Otlar 2 ml dan ikki marta 24 soat oralig’i bilan 4 ml dan to’rt marta 72 soat oralig’i bilan
Eshaklar va xachirlar 2 ml dan ikki marta 24 soat oralig’i bilan -

«Imisan» hayvonlarda kasallikning klinik belgilari paydo bo’lganda, davolash maqsadida qo’llanadi. Kasal hayvonlar tinch holda qoldiriladi va ularning fiziologik holatiga qarab, ularga qo’shimcha simptomatik dori vositalari tayinlanadi.

«Imisan» yirik qoramol va mayda shoxli mollar, otlar va itlarning qon-parazitar kasalliklarini (babezioz, nuttalioz, anaplazmoz va aralash invaziyalar) davolash va profilaktika qilish uchun mo’ljallangan.

Imisan mazkur qo’llanmaga muvofiq tavsiya etilgan dozalarda qo’llanganda, hayvonlarda nojo’ya ta’siri va asoratlari kuzatilmaydi. Kam hollarda kiritilgan joyida giperemiya yoki og’riqli shishib ketish shaklidagi mahalliy reaktsiya bo’lishi mumkin, u 1 -2 sutkadan keyin yo’qoladi. Takroriy kiritishda qon bosimi pasayishi, preparatning dozasi oshib ketganda esa bradikardiya, nafas olish tezlashishi va buzilishi, anoreksiya, tremor kuzatilishi mumkin.

Hayvonning preparatga yuqori individual sezgirligida asoratlar rivojlanishi belgilari bo’lishi mumkin (holsiz holati, notinchik, ko’p so’lak oqishi, ko’z yoshi oqishi, ter ajralishi, mushaklar titrashi, tez-tez siyish va ich ketishi), bu hollarda teri ostiga 1 % atropin eritmasi belgilanadi. Qon parazitlari ommaviy qirilganda va eritrotsitlar parchalanganda hayvonlarda intoksikatsiya rivojlanishi mumkin. Bu holda elektrolitlar eritmalarini tomir ichiga quyish va simptomatik davolashni o’z ichiga oluvchi intensiv davolash o’tkazilishi lozim.

MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparat teri ostiga yoki tomir ichiga qo’llanmaydi (itlardan tashqari). Preparatni babezioz yoki anaplazmozga qarshi tirik vaktsina bilan vaktsinatsiya qilishdan keyin 4 hafta ichida qo’llash taqiqlanadi. Xlororganik va fosfororganik preparatlar, shuningdek xolinesteraza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo’llash taqiqlanadi.

MAHSUS KO’RSATMALAR: Preparatni qo’ylarga va itlarga kiritish uchun 0,1 ml bo’limli shkalasi bo’lgan shpritslardan foydalanish lozim. Itlar inyeksiyadan keyin 15 daqiqa mobaynida veterinar shifokorning nazoratida bo’lishi kerak. Preparat qo’llanishi bilan bir vaqtda itlarga antigistamin vositalarining qo’laniishi tavsiya etiladi.

Agar eritmaning hisoblangan hajmi 10 ml dan ortiq bo’lsa, og’riq bo’lmasligi uchun uni hayvonning ikki-uchta joyiga kiritish lozim. Hayvonlarga «Imisan» bilan ishlov berishni veterinar shifokor yoki veterinar feldsher o’tkazishi lozim. Yoppasiga ishlov berishdan avval preparatning har bir seriyasi hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkazilishi lozim. 3 sutka ichida asoratlar bo’lmasa, preparat barcha hayvonlarga beriladi.

Yirik qoramolni va qo’ylarni go’sht uchun so’yish Imisan preparatini oxirgi qo’llashdan keyin kamida 45 sutkadan keyin ruxsat etiladi, majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.

Sog’iladigan sigirlarning sutini oziq-ovqat maqsadida ishlatish preparatni qo’llashdan keyin kamida 7 sutkadan so’ng ruxsat etiladi. Ushbu muddatdan avval sut qaynatiladi, keyin hayvonlarga yedirish uchun ishlatiladi. «Imisan» bilan ishlov berilgan sog’iladigan qo’ylarning sutini butun sut emizish davri mobaynida oziq-ovqat maqsadida ishlatish mumkin emas.