IXTIOL MALHAMI 10%; 20%

Malham tashqi ko’rinishiga ko’ra to’q sarg’ish rangli, bir jinsli, ixtiol hidli quyuq massadan iborat.

Malham vazelin asosidagi ixtiolning 10% va 20% konsentratsiyali  malham shaklida chiqariladi. Malham polimer idishlarga 100 – 1000 g dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

Malham quruq, salqin, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatning belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – 3 yil.

Malhamning tarkibiga kiruvchi ixtiol antiseptik va yalliqg’inishga qarshi ta’sir ko’rsatadi. Yaralarga surtilganda, tomirlarni toraytiradi, sekretsiya va ekssudatsiya jarayonlarini kamaytirib, jarohatlangan to’qimalarning regeneratsiyasini tezlashtiradi.

Malham jarohatlangan joyga tekis yupqa qatlam qilib surtiladi. Preparat yara tuzalguncha har kuni sutkasiga 1-2 marta yoki 1-2 kun
oralab qo’llanadi.

Malham teri kasalliklarida (kuyishlar, yaralar, ekzemalar, dermatitlar, furunkulyoz, piodermiyalar), tuyoqlar, tuyoqchalar kasalliklarida, shuningdek artritlar, nevralgiyalar, tendinitlar, tendovaginitlar, bursitlar, mastitlar holatida tashqi ravishda qo’llanadi.

Malham asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q.

Malham qo’llanganda, hayvonlarni go’sht uchun so’yish va sutni oziq-ovqat maqsadlarida ishlatish cheklanishsiz amalga oshiriladi.