KLOZANTEL-50

Preparat tashqi ko’rinishiga ko’ra shaffof, och sariq rangdan sariq ranggacha, o’ziga xos kuchsiz hidli steril eritmadan iborat.  1 ml preparat tarkibida 50 mg klozantel mavjud.

«Klozantel 50» germetik yopilgan shisha flakonlarga yoki polimer idishlarga 10, 20, 50, 100, 200 va 250 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

Preparatni B ro’yxati bo’yicha quruq va qorong’i joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +4°С dan +25°С gacha haroratda saqlash lozim. Preparatning yaroqlilik muddati 1 yil.

Klozantelning ta’sir etish mexanizmi parazitning oksidlovchi fosforillash jarayonining to’xtatilishidan iborat. Preparatning o’ziga xos ta’siri ATF fermentini kuchaytirishdan iborat, bu esa fosforillash va elektronlarning o’tishi jarayonining to’xtashiga olib keladi, bu holat parazitning energetik metabolizmini o’limiga olib keladigan tarzda o’zgartiradi.

Parenteral kiritilganidan keyin preparat inyeksiya joyidan tez so’rilib, hayvonlarning a’zolari va to’qimalariga o’zlashadi.

Preparatning qondagi maksimal konsentratsiyasiga kiritishdan keyin 12 soat ichida yetadi va 24-36 soat davomida saqlanadi. Preparatning davolash konsentratsiyasi hayvon organizmida 10-11 sutka davomida saqlanadi.

Klozantel organizmda amalda biotransformatsiya bo’lmaydi va asosan o’zgarmagan shaklida chiqariladi.

Preparat kavsh qaytaruvchi hayvonlarga mushak ichiga yoki teri ostiga kiritiladi. Fastsiolalar ko’p miqdorda yuqqan holatda preparatning bir marotabalik dozasi ikkiga bo’linadi va hayvonlarga preparatning yarim dozasi ikki kun ketma-ket kiritiladi. Preparatni hayvonlarga qo’llash dozalari:

Hayvon turi va parazitozning nomi
Dozalari
Klozantel-50 Klozantel (ADV)
Yirik qoramol:
- fastsiolyoz, paramfistomatidozlaroshqozon-ichaknematodozlari (gemonxoz, ezofagostomoz, bunostomoz, strongiloidoz, trixotsefalyoz, kooperioz va hokazo), telyazioz Hayvonlarning 10 kgtana vazniga 0,5 ml Hayvonlarning 1 kg tana vazniga 2,5 mg 
- iksod kanalari hujum qilganda  Hayvonlarning 10 kgtana vazniga 0,5 ml Hayvonlarning 1 kg tana vazniga 2,5 mg 
qo’tirlar: sarkoptoz, psoroptoz, xoriopoz (yosh yirik qoramollarda) Hayvonlarning 10 kgtana vazniga 1 ml dan,ikki marotaba, 7 kun oralig’i bilan Hayvonlarning 1 kg tana vazniga 5,0 mg 
- 2- va 3- bosqichdagi lichinkalar tomonidan qo’zg’atilgan gipodermatoz  Hayvonlarning 10 kgtana vazniga 1 ml, bir marotaba Hayvonlarning 1 kg tana vazniga 5,0 mg 
Mayda shoxli mol:
- fastsiolyoz, paramfi-stomatidozlar, dikrotselioz Hayvonlarning 10 kgtana vazniga 1 ml Hayvonlarning 1 kg tana vazniga 5,0 mg 
- oshqozon-ichak nematodozlari (gemonxoz, ostartagioz, strongiloidoz, ezofagostomoz, xabertioz, bunostomoz, trixostrongilyoz) Hayvonlarning 20 kgtana vazniga 1 ml Hayvonlarning 1 kg tana vazniga 2,5 mg 
qo’tirlar (psoroptoz va xoriopoz) Hayvonlarning 10 kgtana vazniga 1 ml dan,ikki marotaba, 7 kun oralig’i bilan Hayvonlarning 1 kg tana vazniga 5,0 mg 
- estroz Hayvonlarning 20 kgtana vazniga 1 ml Hayvonlarning 1 kg tana vazniga 2,5 mg 

Agar dozaning umumiy kiritiladigan hajmi 10 ml dan oshsa, preparat ikkita turli joyiga kiritiladi.

Yirik qoramolga preparat oshqozon-ichak nematodozlari (gemonxoz, bunostomoz, ezofagostomoz, strongiloidoz, trixotsefalyoz, kooperioz va hokazo), fastsiolyoz, paramfistomatidozlar, telyazioz, qo’tirlar holatida va iksod kanalari bilan kurashish uchun qo’llanadi.

Echkilar va qo’ylarga preparat oshqozon-ichak nematodozlari, fastsiolyoz, paramfistomatidozlar, dikrotselioz, qo’tirlar va estroz holatida qo’llanadi.

Ba’zi holatlarda inyeksiya joyida achishish paydo bo’lishi mumkin, u davolashsiz tuzalib ketadi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparatning komponentlariga yuqori sezgirlik. Preparat kuchsizlangan va yuqumli kasalliklarga uchragan hayvonlarga qo’llanmaydi.   Sog’iladigan sigirlarga va homiladorlikning oxirgi uchdan bir qismida qo’llash taqiqlanadi. Boshqa parazitlarga qarshi preparatlar bilan birga kiritilmasin. Parazitlarga qarshi xlororganik va fosfororganik preparatlar bilan bir vaqtda qo’llashga yo’l qo’yilmaydi.

MAHSUS KO’RSATMALAR: Sog’iladigan sigirlarga va homiladorlikning oxirgi uchdan bir qismida qo’llash taqiqlanadi.

Sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun hayvonlarga preparatni oxirgi marta kiritishdan 14 kundan keyin, go’shtni 28 kundan keyin ishlatish mumkin.