Albendazol keng ta’sir doirasiga ega, trematodalarning tuxumlari va yetilgan shakllari, nematodalari va sestodalarining yetilgan va yetilmagan shakllarining o’limini keltirib chiqaradi. U energetik almashinuvni buzadi, fumaratreduktaza faolligini kamaytiradi, bu gelmintlarning adenozintrofosforli kislota sintezining buzilishiga olib keladi.
METSALBEN-10%; 20%
Preparat tashqi ko’rinishiga ko’ra och kulrang, o’ziga xos kuchsiz hidli, nam yemda yaxshi parchalanib ketadigan granulalardir.
Preparat ikki qavatli, germetik yopilgan polietilen paketlarda vazni 0,1 dan 0,5 kg gacha, va polimer bankalarda 0,5 dan 10,0 kg gacha qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.
Hayvonlar turi va gelmintlarning nomi | 10% Granulyat | 20% Granulyat |
Yirik qoramol: - diktiokaulyoz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz;
- fastsiolyoz, paramfistomatidoz, moniyozioz, trixotsefalyoz
|
75
100 |
37,5
50 |
Qo’ylar va echkilar: - diktiokaulyoz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz;
- fastsiolyoz, moniyezioz
|
50
75 |
25
37,5 |
Cho’chqalar: - askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomoz, strongiloidoz | 75 | 37,5 |
Itlar: - toksaskaridoz, toksokaroz, untsinarioz, teniozlar |
200
|
100
|
Metsalben yirik qoramol va mayda shoxli molga, cho’chqalarga va itlarga quyyidagi kasalliklarida beriladi:
Yirik qoramol:
- diktiokaulyoz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz;
- fastsiolyoz, paramfistomatidoz, moniyozioz, trixotsefalyoz;
Qo’ylar va echkilar:
- diktiokaulyoz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz;
- fastsiolyoz, moniyezioz;
Cho’chqalar: askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomoz, strongiloidoz;
Itlar: toksaskaridoz, toksokaroz, untsinarioz, teniozlar;
Tavsiya etilgan dozalarda qo’llanganda, nojo’ya holatlar kuzatilmaydi.
MAHSUS KO’RSATMALAR: Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shtini va olingan sutni yem maqsadlari uchun ishlatilishi mumkin.
Yirik qoramol va cho’chqalarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 14 kun, qo’ylar va echkilarni 10 kun o’tganidan so’ng, sigirlardan olingan sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish 3 sutka, qo’ylar va echkilardan sutni 4 sutka o’tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shtini va olingan sutni yem maqsadlari uchun ishlatilishi mumkin.