Preparatning tarkibiga kiruvchi albendazolning ta’sir qilish mexanizmi gelmintlarning uglevod almashinuvini buzishdan iborat, bu esa ularning o’limiga va hayvon organizmidan chiqarilishiga olib keladi. Preparat og’iz orqali ichilganda albendazol oshqozon-ichak tizimida tez so’riladi, a’zolarga va to’qimalarga kirib o’zlashadi. Organizmdan asosan siydik va najas bilan chiqariladi. Ovotsid ta’siriga ega bo’lgan preparat yaylovlarning gelmintlar yuqishini kamaytiradi.
Preparat organizmga ta’sir etish darajasiga ko’ra o’rtacha xavfli moddalarga kiradi. Tavsiya etilgan dozalarda hayvonlarga salbiy ta’sir etmaydi.