Tetramizol gidroxlorid kam zaharli birikmalarga kiradi, hayvonlarning oshqozon-ichak tizimidan yaxshi so’riladi, embriotoksik, sensibilizirlovchi, teratogen va kumulyativ xususiyatiga ega emas, teri va shilliq pardalarni achishtirmaydi.
METSTRAMIZOL-20%
Preparat oq yoki och kulrang granulalardan iborat.
Preparat foydalanish uchun tayyor holda ikkitalik polietilen paketlarga 0,1-5,0 kg dan, va polimer idishlarga 0,5-10,0 kg dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.
Preparat zavod o’ramida, quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +4°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. Belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 3 yil.
Preparat guruhli usulda, yem bilan aralashtirib, ikki marotaba (ikki kun ketma-ket, kuniga bir marta) quyidagi dozalarda beriladi (hayvonning 1 kg tana vazniga mg):
Hayvonlar turi va gelmintozning nomi |
Qo’llash martalari
|
Dozalari
|
|
Metstramizol 20% granulyat
|
Tetramizol gidroxlorid (ADV)
|
||
Yirik qoramol:
- oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz
|
Ikki marotaba |
50
|
10
|
Qo’ylar va echkilar:
- oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz (diktiokaulyoz, gemonxoz, bunostomoz, ostertagioz, xabertioz, kooperioz, strongiloidoz)
|
Ikki marotaba |
37,5
|
7,5
|
Cho’chqalar:
-askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomoz
|
Ikki marotaba |
75
|
15
|
Otlar:
-paraskaridoz; -oksiuroz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz
|
Ikki marotaba
Ikki marotaba
|
50
75
|
10
15
|
Itlar:
-toksaskaridoz, toksokaroz, unsinarioz
|
Ikki marotaba |
100
|
20
|
Mo’ynali hayvonlar:
-toksaskaridoz, toksokaroz, unsinarioz
|
Bir marotaba |
100
|
20
|
«Metstramizol 20%» granulyat yirik qoramol, qo’ylar va echkilar, cho’chqalar, otlar, mo’ynali hayvonlar va itlarga oshqozon-ichak tizimi va o’pka nematodozlarida (oshqozon-ichak tizimining strongilyatozlari, askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomoz, strongiloidozlar, oksiuroz, paraskaridoz, toksaskaridoz, unsinarioz va hokazo) qo’llanadi.
Preparat tavsiya etiladigan dozalarda qo’llanganda nojo’ya ta’sir ko’rsatishi aniqlanmagan.
Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 7 kun o’tganidan so’ng, olingan sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish 2 sutka o’tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shtini va olingan sutni yem maqsadlari uchun ishlatilishi mumkin.