MONEZOL

Ta’sir etuvchi modda sifatida 1 ml “Monezol” suspenziyasi tarkibida 2,0 mg ivermektin va 40,0mg prazikvantel mavjud. Bundan tashqari, preparatning tarkibiga yordamchi moddalar (quyulturuvchilar, konservantlar) kiradi.  Tashqi ko’rinishiga ko’ra oq rangli kul yoki sariq ranglarning qo’shilishidan hosil bo’gan ranglarda. Saqlash davomida suspenziya ajraladi, chayqatganda bir xil bo’lib ketadi.  Preparat polimer idishlarda 100, 200, 250, va 1000 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.  Preparatning yarqlilik muddati 2 yil  Preparatni ehtiyotlik bilan (B ro’yaxati bo’yicha) zavod o’ramida quruq qorong’i joyda, +5 C dan +25 C gacha haroratda saqlash lozim.

Monezol keng doiradagi ta’sir ko’rsatuvchi antigelmintik vosita bo’lib, yetilgan va yetilmagan nematidalar va tsestodalar, shuningdek yetlgan trematodalarga nisbatan faol ta’sir ko’rsatadi. Preparat keng doirada ta’sir ko’rsatadi,  gelmintlarning yetilgan va g’umbak shakillarining o’limiga olib keladi. Preparatning tarkibiga kiruvchi ivermektinning ta’sir qilish mehanizimi gelmintlarning uglivod almashinuvini buzishdan iborat, bu esa ularning o’limiga va hayvon organizmidan chiqishiga olib keladi. Preparat og’iz orqali ichilganda ivermektin oshqozon ichak tizimida tez so’riladi va a’zolarga va to’qimalarga kirib o’zlashadi, organizmdan asosan siydik va najas bilan chiqariladi. Ovotsid  ta’siriga ega bo’lgan preparat yaylovlarda gelmintlar yuqishini kamaytiradi. Monizol suspenziyasi organizmga ta’sir etishiga ko’ra o’ta xavfli moddalarga kiradi (3 sinf xavfli GOST 12.1.007-76 bo’yich),. Tvsiya etilgan dozalarda hayvonlarga salbiy ta’sir etmaydi.

Yirik qoramol, qo’ylar echkilar, cho’chqalar, otlarga qo'llaniladi.

Preparat og’iz orqali ichish uchun, individual yoki guruxli usulda, bir marotaba yem bilan aralashtirib beriladi.                                     Qo’llashdan avval suspenziyani yaxshilab chayqatish lozim.

Yirik qoramol, qo’ylar echkilar, cho’chqalar, otlarning 10 kg tana vazniga 1ml qo’llaniladi.

Qo’ylarning estroz kasalligida 10 kg tana vazniga 1ml.

Cho’chqalarga nematodozlarida (ezofagostomoz, strongiloidoz, metastrongilyoz, trixotsefalyoz) 10 kg tana vazniga 0,7 ml dozasida qo’llaniladi.

Go’sht uchun boqiladigan jo’jalarga, g’ozlarga, o’rdaklarning ganematozlarida (ganguleterakidoz, askaridoz, geterakidoz) va tsestodozlar (drepanidotenioz, gimenoleptodozlar, rayetinozlar) da ertalab yemga qo’shib, ketma-ket 2 kun davomida 0,2 ml/kg parranda vazniga qo’llanadi.

Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo’llanganda nojo’ya holatlar kuzatilmaydi.  Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar. Preparatni qo’llash o’tkir fastsiolyoz holatida, hayvonlarni qochirish davrida, yuqumli kasalliklari bo’lgan va holsizlangan hayvonlar, shuningdek qo’ylar, echkilar, va cho’chqalar uchun homiladorligining birinchi yarmisida, sigirlar va otlar uchun homiladorligining birinchi uchdan bir qismida ruxsat etilmaydi.

Alohida ko’rsatmalar. Yoppasiga gelmintsizlantirishdan avval preparatning har bir partiyasi hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. 3 sutka ichida asoratlar bo’lmasa, preparat barcha hayvonlarga beriladi

Preparatni qo’llashdan keyin, hayvonlarni 28 kun o’tkandan so’ng go’sht uchun so’yishga va sutni 3-4 kun o’tkandan so’ng istemol qilishga ruxsat etiladi.