OKSITETRASIKLIN MALHAMI 1%

Oksitetratsiklin 1%» malhami, veterinariya uchun.

1 g malhamda 10 mg (10000 ME) gidroxlorid shaklidagi oksitetratsiklin mavjud.

Malham och sariq rangdan to’q sarg’ish ranggacha, bir jinsli quyuq massadan iborat.

Preparat polimer idishlarga 100 va 500 g dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

Malham quruq, qorong’i salqin joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +4°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatning belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – 1 yil.

Malhamning tarkibiga kiruvchi oksitetratsiklin keng ta’sir doirasi bo’lgan antibiotik sifatida gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalar, rikketsiyalar, traxoma, ornitoz qo’zg’atuvchilariga nisbatan faol ta’sir etadi. Preparatning antibakterial ta’sirining mexanizmi asosida mikrob hujayrasining oqsilini sintez qilishni ribosomalar darajasida bartaraf etish yotadi.

Malham hayvonning pastki ko’z qovog’i ostiga kurakcha bilan surtib qo’yiladi va yengil uqalovchi harakatlar bilan, paxta piligi yordamida, ko’z qovog’ining tashqi tomonidan butun kon’yunktiva qopchasi bo’ylab taqsimlanadi. Malham kasallik tuzalmaguncha, har kuni, sutkasiga 3-5 marta qo’llanadi. Kasallikning og’irligiga qarab, malhamning dozasi bitta hayvonga 0,2 g dan 0,4 g gacha tashkil etadi.

Malham hayvonlarda ko’zlarning yuqumli kasalliklarini davolashda qo’llanadi: kon’yunktivitlar, blefaritlar, traxoma, ko’zning shox pardasi jarohatlari hamda oksitetratsiklinga sezgir qzo’zg’atuvchilar keltiirb chiqargan boshqa ko’z kasalliklari.

Malham asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q.

MAHSUS KO’RSATMALAR: Qo’llash cheklanadigan holati hayvonlarning oksitetratsiklinga individual yuqori sezgirligi hisoblanadi.

Malham qo’llanganda, hayvonlarni go’sht uchun so’yish va sutni oziq-ovqat maqsadlarida ishlatish cheklanishsiz amalga oshiriladi.