OKSITOTSIN

Preparatning ta’sir etuvchi moddasi oksitotsin (gipofiz orqa qismi ishlab chiqaruvchi polipeptid gormonining sintetik analog moddasi). «Oksitotsin eritmasi» veterinariya maqsadida ikkita turida chiqariladi, ularning 1 ml miqdorida 5 YeD yoki 10 YeD oksitotsin mavjud.

Preparat o’ziga xos hidli rangsiz, ko’rinuvchan mexanik aralashmalari bo’lmagan shaffof suyuqlikdir.

Preparat shisha flakonlarda 10; 20; 50 va 100 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi. Preparat B ro’yxati bo’yicha quruq, yorug’liqdan pana bo’lgan joyda, +2oC dan +10oC gacha haroratda saqlanadi.  Preparatning belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 18 oy.

Oksitotsin eritmasi bachadon silliq mushaklarining tonusini oshiradi va qisqarishini kuchaytiradi, sut bezining atrof alveolalarining mioepitelial hujayralar qisqarishiga olib keladi, sut emizayotgan hayvonlarda sut bez larini va sut ajralishini rag’batlantiradi.

Kuchsiz vazopressinsimon, antidiuretik xususiyatiga ega.

Preparat teri ostiga, mushak ichiga, tomir ichiga (sekin), zarur bo’lganda – novokain bilan
birgalikda epidural usulida, quyidagi dozalarda qo’llanadi:

Hayvonlarning turlari Kiritish usullari va dozalari (ED)
Teri ostiga yoki mushak ichiga Tomir ichiga Epidural
Otlar va sigirlar 30-60 20-40 15-30
200 kg gacha vazndagi cho’chqa urg’ochilari 30 20 10-15
Echkilar va qo’ylar 10-15 8-10 -
Itlar 5-10 2-7 -
Mushuklar 3 2 2

 

Oksitotsin eritmasi qishloq xo’jalik va uy hayvonlarining urg’ochilariga, tug’ruq paytida kuchsiz kuchanishda, yo’ldosh ushlanib qolganda, bachadondan qon ketishda, bachadon atoniyasi, gipotoniyasi va yallig’lanishida, mastitlarda, shuningdek reflektor agalaktiya holatida qo’llanadi.

Qusish, taxikardiya, arterial qon bosimi pasayishi, yo’ldoshning muddatidan ilgari ko’chishi. Dozasidan oshib ketganda, muvofiqlashmagan yoki o’ta kuchli tug’ruq faoliyati bo’lishi mumkin.

MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparat homilador hayvonlarga, tug’ruqqa ko’maklashishda, homila va tos o’lchamlari mos kelmaganda, homila majruhligida, shuningdek uning noto’g’ri holatida va joylashuvida qo’llanishi mumkin emas.

Preparatni qo’llash paytida va undan keyin olingan chorvachilik mahsulotlari cheklashsiz oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatiladi.