PANAFENB-22,2%

«Panafenb granulyat 22.2%» – gelmintlarga qarshi preparat bo’lib, unnig tarkibida ta’sir etuvchi vosita sifatida fenbendazol (metil-[5-(feniltio)-benzimidazol-2-karbamat) mavjud. Granulyatning har bir grammida 222 mg fenbendazol va inert to’ldiruvchilar: laktoza, yem uchun bo’r, cho’kma bo’r va hokazolar mavjud.

Preparat tashqi ko’rinishiga ko’ra och kulrang, o’ziga xos kuchsiz hidli, nam yemda parchalanib ketadigan granulalardir.

Preparat ikkitalik polietilen paketlarga 0,1-5,9 kg dan, yoki plastik bankalarga 0,5-10,0 kg dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

Preparat ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha) zavod o’ramida, quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +30°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. Belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 3 yil.
Preparatning ta’sir etuvchi moddasi fenbendazol gelmintlarga qarshi keng doiradagi ta’sirga ega, oshqozon-ichak tizimi va o’pka nematodalari, sestodalar, shuningdek trematodalarning yetilgan shakllari, lichinkalari va tuxumlariga nisbatan faol ta’sir etadi. Preparatning ta’sir etish mexanizmi gelmintlarning ichagi hujayralarida mikrokanallar parchalanishi, energetik jarayonlar buzilishidan iborat, bu ularning o’limiga olib keladi.

«Panafenb granulyat 22.2%» issiq qonli hayvonlar uchun kam zaharli preparatlarga kiradi. Terapevtik dozalarda kumulyativ, embriotoksik, mutagen ta’siriga hamda allergiya keltirib chiqaruvchi xususiyatlariga ega emas.

Preparat og’iz orqali, individual yoki guruhli usulda, yem bilan aralashtirib, avvaldan parhez tayyorgarligisiz, bir marotaba quyidagi dozalarda beriladi:

Hayvonlar turi

Panafenb granulyat 22.2%
(hayvonning 1 kg tana vazniga mg)
Yirik qoramol
34
Qo’ylar va echkilar
22
Cho’chqalar
22
Otlar
34
Zarur bo’lganda preparat takroriy qo’llanishi mumkin.

Preparat nematodozlarda (oshqozon-ichak strongilyatozlari, askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomoz, strongiloidoz, toksaskaridoz, toksokaroz, unsinarioz), trematodozlarda (fastsiolyoz, paramfistomatozlar), sestodozlarda (moniyezioz, teniozlar) yirik qoramol, qo’ylar va echkilar, cho’chqalar, otlar, itlar va mushuklarni gelmintsizlashtirish uchun qo’llanadi.

Tavsiya etiladigan dozalarda preparat nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi va hayvonlarda asoratlarni keltirib chiqarmaydi.

Preparatning har bir partiyasi avval hayvonlarning kichik guruhida (7-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. Asoratlar bo’lmasa, 3 kun ichida preparat barcha hayvonlarga beriladi.

Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 14 sutka o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti etxo’r hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.

Preparatni kiritishdan keyin 4 sutka davomida sog’iladigan hayvonlardan olingan sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi. Bunday sut hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatilishi mumkin.