POLIMER YOD-10%

Preparat suv bilan yaxshi aralashtiriladigan quyishqoq to’q jigar rangli suyuqlikdir. 1 g «Polimer-yod 10%» preparatning tarkibida yodopolimerli majmua shaklidagi 100 mg faol yod mavjud.

Preparat shisha idishlarga 10 – 250 ml dan va polimer butilkalarga (kanistralarga) 0,1 – 0,5 l dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

Preparat ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha), quruq, yorug’likdan pana joyda, 0°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatning yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 24 oy.

Preparat, faol yod borligi tufayli, spora hosil qilmaydigan mikroblar (mikobakteriyalardan tashqari), viruslar, zamburug’larga nisbatan keng ko’lamli ta’siriga ega. Preparat o’rtacha zaharli birikmalar guruhiga mansub. Eritmalari achishtiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi, metallar korroziyasini keltirib chiqarmaydi.

«Polimer-yod 10%» preparati GOST 12.1.007 – 76 ga muvofiq, oshqozonga kiritilganda o’tkir zaharliligi ko’rsatkichlari bo’yicha o’rtacha xavfli moddalarning 3-sinfiga, va teriga tekkanda – kam xavli moddalarning 4-sinfiga kiradi, teri qoplamlariga nisbatan mahalliy achishtiruvchi va sezgirlikni oshiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi, shilliq pardalarining o’rtacha achishishini keltirib chiqaradi.

Preparatning bug’lari to’yingan konsentratsiyalarida o’rtacha xavfli hisoblanadi.

Nam dezinfeksiya: 1% eritma qo’llanadi va sarf qilish me’yori ishlov beriladigan yuzaga 0,2 – 0,3 l/m 2 ni tashkil qiladi. Profilaktik va yakuniy dezinfeksiyada kutib turish vaqti 3 soat, joriy dezinfeksiyada 1 soat.

Aerozolli dezinfeksiyalash: 1,5% preparat eritmasi qo’llanadi va sarf qilish me’yori 30 ml/m 2 ni tashkil qiladi. Profilaktik va yakuniy dezinfeksiyada kutib turish vaqti 3 soat, joriy dezinfeksiyada 1 soat.

Respirator kasalliklarda: 0,5% preparat eritmasi qo’llanadi va sarf qilish me’yori 5 – 10 ml/m 2 ni tashkil qiladi. Hayvonlarga ta’sir etishning umumiy vaqti kuniga 60 daqiqa. Ishlov berish kunora, 3 – 5 marta o’tkaziladi.

Yara yuzalariga ishlov berish: 5% eritma qo’llanadi.

Nekrobakteriozi va tuyoq chirishini davolash: Shikastlangan joy avval mexanik ifloslanishlardan tozalanadi.  Suyultirilmagan «Polimer-yod 10%» namlangan doka pilik yordamida tozalangan joyga surtiladi. Ishlov berish 1 sutka oralig’i bilan uch marta o’tkaziladi.

Preparatning ish eritmalarini tayyorlash: Ish eritmalari toza shisha idishda yoki polimer materiallardan tayyorlangan idishda, preparatni distillangan yoki qaynatilgan ichimlik suvida suyultirish orqali, qo’llash yo’riqnomasida keltirilgan jadvalda hisoblashdan kelib chiqib, tayyorlanadi. Ish eritmalari ular qo’llanadigan kunida tayyorlanadi

Nam dezinfeksiya: Asosiy dezinfeksiyalash vositalariga kam chidamli (I-guruh) va chidamli (II-guruh) guruhlarga kiruvchi yuqumli kasalliklarda profilaktik, shuningdek majburiy (joriy va yakuniy) dezinfeksiya qilish uchun, ular bo’yicha dezinfeksiyalash sifati ichak tayoqchasi va stafilokokklar ajralishi bo’yicha qaraladi;

Aerozolli dezinfeksiyalash: Chidamlilik bo’yicha I-guruh va II-guruhlarga kiruvchi yuqumli kasalliklarda profilaktik, shuningdek majburiy (joriy va yakuniy) dezinfeksiya qilish uchun;

Respirator kasalliklarda: laringotraxeit, yuqumli bronxit, parrandalar aspergillyozi, buzoqlar, cho’chqachalar va qo’zichoqlarning yuqumli rinotraxeit, bronxit va bronxopnevmoniyasi holatida, shuningdek aralash yuqumli kasalliklarda;

Yara yuzalariga ishlov berish: Hayvonlarda teri qoplamini zararsizlantirish va yaralarni davolash (axta qilish, jarrohlikdan keyingi, yangi va yuqumli kasalliklar bilan asoratlangan yaralar), kindigiga, tashqi jinsiy a’zolariga ishlov berish uchun;

Nekrobakteriozi va tuyoq chirishini davolash: Yirik qoramol, qo’ylar va echkilarda;

Tavsiya etilgan dozalariga va ishlov berish shartlariga rioya qilingan holda, «Polimer yod 10%» qo’llanganda nojo’ya holatlar va asoratlar aniqlanmagan.

MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparatning qo’llanishi mumkin bo’lmagan holatlar hayvonning yodga yuqori shaxsiy sezgirligi hisoblanadi. Bu holda ishlov berishni to’xtatish lozim.