Ishqorlar bilan reaksiyaga kirishganda oltingugurt faol birikmaga aylanadi. Preparat teriiga surtilganidan keyin, molekulyar oltingugurt, oltingugurt vodorodi va oltingugurt angidridi hosil bo’ladi, ular akaritsid, antiseptik ta’sir ko’rsatadi va terining retseptorlarini achishtiradi.
Oltingugurtning qo’tirga qarshi ta’siri uning akaritsid ta’siri va qisman achishtiruvchi ta’siri borligi bilan izohlanadi. Teri retseptorlarini achishtirish tufayli epidermis sho’ralab tushadi, moddalar almashinuvi ancha yaxshilanadi va kanalar ketkaziladi.
Preparatning eng samarali ta’siri optimal namlik bo’lganda va +30°C haroratida kuzatiladi. Havoning yuqori namligida oltingugurt angidridging bir qismi sulfat kislotaga aylanadi, u hayvonlar terisini kuchli achishtirib, kananing xitin qoplamasi orqali kam o’tadi, shu sababli preparatning akaritsid ta’siri kamayadi. Polisulfon Sarcoptes, Psoroptes, Otodectes turidagi qo’tir kanalariga qarshi akaritsid ta’siriga ega.