RUX MALHAMI

«Ruxli malham», veterinariya maqsadida.

Preparat tarkibida malham asosida dispersiyalangan rux oksidi mavjud. 100g malhamda 10g rux oksidi bor.

Preparat oq yoki och sariq rangli, hidsiz quyuq, bir jinsli massadan iborat. Ruxli malham, veterinariya maqsadida, polimer idishlarda 100-1000g dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

Preparat quruq, qorong’i joyda, +4°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatning ko’rsatilgan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 3 yil.

Ruxli malham bog’lovchi, qurituvchi, yallig’lanishga qarshi va dezinfeksiya qiluvchi ta’siriga ega.

Malham tuzalguncha kuniga 1-2 marta bevosita shikastlangan joyga yupqa qatlam qilib surtiladi.

Malham teri kasalliklarida (fasod oquvchi yaralar, kuyishlar, dermatitlar, furunkulyoz, piodermiyalar, yotishdan ezilgan joylar) surtib qo’llanadi.

Malham asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q.

Malham qo’llanganda hayvonlarni go’sht uchun so’yish va sutini oziq-ovqat maqsadida ishlatish yuzasidan cheklashlar yo’q.