Preparatning tarkibiga kiruvchi sinergik ta’sir etuvchi tarkibiy moddalar uning mikroblarga qarshi yuqori faolligini belgilab beradi. Preparat ko’pchilik gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarning, shu jumladan salmonellalar, pasterellalar, esherixiyalarning rivojlanishini to’xtatadi, lekin zamburug’lar va viruslarga nisbatan faol ta’sir etmaydi.
Preparat mikroorganizmlarda foliy kislotasining biosintez jarayonini buzadi. Og’iz orqali ichilganda preparat oshqozon-ichak tizimidan oson so’riladi va a’zolarga va to’qimalarga kirib o’zlashib, bakteritsid ta’sir ko’rsatadi. Qondagi maksimal konsentratsiya miqdori kiritishdan keyin 2-4 soat o’tganda qayd etiladi. Davolaydigan konsentratsiyasi qonda 12 soat davomida tutib turiladi. Preparat asosan siydik bilan chiqariladi.