Yirik qoramol, otlar, tuyalar, qo’ylar, echki va cho’chqalarning yaylov kanalariga qarshi kurash uchun, 15 ml «Superkiller-E» preparatining 18 l suvga nisbatida ish emulsiyasi tayyorlanadi. Hayvonlarga teri-tuk qoplamasining to’liq namlanmaguncha sepiladi. Hayvonlarga takroriy ishlov berish kanalar hujum qiladigan mavsum tugaguncha 3 hafta oralig’ida o’tkaziladi.
Qo’tir kanalariga qarshi kurash uchun yirik qoramol, otlar, tuyalar va cho’chqalarga 75 ml «Superkiller-E» preparati 400 l suvda suyultirilib, ish emulsiyasi sepiladi.
Qo’ylar va echkilarni qo’tir profilaktikasi maqsadida va kasallikka gumon qilinganda, 75 ml «Superkiller-E» preparati 830 l suvda suyultirilib, ish emulsiyasi sepiladi yoki 30 soniyadan 1 daqiqagacha unda cho’miltiriladi. Vanna 75 ml preparat 622 l suvda suyultirilib, ish emulsiyasi bilan to’ldiriladi. Qo’tir kanalari yuqishining og’ir holatlarida hayvonlarga 75 ml preparat 500 l suvga nisbatida tayyorlangan ish emulsiyasi sepiladi yoki unda cho’miltiriladi, hayvonning butun tanasi ish emulsiyasiga 30 soniyadan 1 daqiqagacha botiriladi. Bunda vanna 75 ml preparati 375 l suvda suyultirilib, ish emulsiyasi bilan to’ldiriladi.
Zarur bo’lganda ishlov berish 10 kundan keyin takrorlanadi.
Pashshalarni yo’q qilish uchun 50 ml preparat 10 l suvda suyultiriladi, chivinlarni yo’q qilish uchun - 50 ml preparat 20 l suvda suyultiriladi va ularning yig’iladigan joylariga tanlab sepiladi.
Molboqarlik xonalarida kanalarni yo’q qilish uchun ularni 50 ml preparatni 10 l suv bilan suyultirib, ish emulsiyasi bilan ishlov berish lozim. Xonalarga dori 1 m2 ishlov beriladigan yuzaga 200 ml ish emulsiyasi hisobidan sepiladi. Ishlov berishdan 2,5-3 soat o’tganda yem oxurlari va ichish moslamalari 3% kaltsiyli soda eritmasi bilan dezaktivatsiya qilinadi.
Hayvonlar ishlov berilgan xonalarga dezakarizatsiya o’tkazilganidan keyin kamida 3-4 soat o’tganidan keyin joylashtiriladi.
Xonalarni dezakarizatsiya qilishda, kanalardan tashqari, bitlar, burgalar, pashsha va chivinlar, shuningdek suvaraklar, o’rgimchaklar va boshqa hasharotlar o’ladi.
Hayvonlarga «Superkiller-E» preparatining suvli eritmalari (ish emulsiyalari) sepish yo’li bilan ishlov beriladi, buning uchun turli sepish uskunalari - DUK, VDM, ODN va 2,5-3 atm. lik suyuqlik bosimini ta’minlaydigan boshqa mexanizmlar, shuningdek statsionar dush kameralari ishlatiladi. Ish emulsiyasining harorati 15-25°C doirasida, hayvonlarga ishlov berish paytida havo harorati esa kamida 10°C bo’lishi kerak.