TOLTROKS 2,5%

Preparat rangsizdan och jigar ranggacha bo’lgan, suv bilan oson aralashtiriladigan shaffof suyuqlikdir. 1 ml «Toltroks 2,5%» preparatining ichida 25 mg ta’sir etuvchi modda toltrazuril mavjud.

Preparat polimer butilkalarga (kanistralarga) 250, 500 va 1000 ml dan qadoqlangan holda ishlab chiqariladi.

Preparat ehtiyotlik bilan (B ro’yxati bo’yicha), yorug’likdan pana joyda, +5°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. Preparatning yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 24 oy.

Toltrazuril parrandalarda parazit sifatida yashovchi barcha koksidiyalarga nisbatan (E. acervulina, E. brunetti, E. necatrix, E. mitis, E. adenoides, E. meleagrimitis, E. anceris, E. truncata), shu jumladan boshqa koksidiyalarga qarshi preparatlarga chidamli shtammlarga nisbatan samarali ta’sir etadi. Preparatning tarkibiga kiruvchi toltrazuril eymeriyalarning hujayra ichidagi rivojlanishining barcha bosqichlariga koksidiotsid ta’sir ko’rsatadi.

Toltrazuril organizmga ta’sir etish darajasiga ko’ra o’rtacha xavfli moddalarga kiradi (GOST 12.1.007-76 ga muvofiq 3-xavflilik sinfi), tavsiya etilgan dozalarda va ulardan 10 baravar yuqori dozalarda parrandalarda nojo’ya holatlarni va asoratlarni keltirib chiqarmaydi, va koksidiozga immunitetning shakllanishiga to’sqinlik qilmaydi.

«Toltroks 2,5%» ichimlik suvi bilan, quyida keltirilgan sxemalardan biriga muvofiq, qo’llanadi:

a) ikki kun ketma-ket, parrandaning 1 kg tana vazniga 7 mg toltrazuril dozasida (parrandaning 100 kg tana vazniga 28 ml preparat), uning ekvivalent miqdori 1 l ichimlik suviga 1 ml preparat bo’lib, uni 48 soat davomida ichiriladi.

b) 1 l ichimlik suviga 3 ml preparat bo’lib, uni parrandaga 8 soat davomida ikki kun ketma-ket ichiriladi.

Zarur bo’lganda, og’ir kasallik holatida, davolash kursi 5 kundan keyin takrorlanadi. Davolash eritmasi (preparat suv bilan aralashtirilganidan keyin) 48 soat davomida o’z faol ta’sirini saqlab qoladi.

Eritmalarning 1 l ichimlik suviga 1 ml «Toltroks 2,5%» miqdorida va undan yuqoriroq konsentratsiyasida, ya’ni 1:1000 nisbatida, cho’kma tushishi mumkin. Cho’kma paydo bo’lsa, eritmani ishlatishdan avval yaxshilab aralashtirish lozim.

 

«Toltroks 2,5%» broylerlar, kurkalar, g’ozlar va o’rdaklarning koksidiozlarida, davolash-profilaktika maqsadida qo’llanadi.
Preparat parrandalarga to’shamasida koksidiyalar miqdorining o’ta yuqori darajasiga yetganda (10 – 20 ming/g), shuningdek parrandalarda kasallikning klinik alomatlari paydo bo’lganda belgilanadi.

Tavsiya etilgan dozalariga va qo’llash sxemalariga rioya qilingan holda bo’lmaydi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: «Toltroks 2,5%» tuxum qo’yadigan tovuqlarga qo’llanishi mumkin emas.

MAHSUS KO’RSATMALAR: «Toltroks 2,5%» parrandalar uchun yem qo’shimchalari, vitaminlar va boshqa
dori vositalari bilan birgalikda qo’llanishi mumkin.

Parrandani go’sht uchun so’yish dori vositasini qo’llash to’xtatilganidan keyin kamida 8 kun o’tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan parrandaning go’shti go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.