TRIVITAMIKS

«Trivitamiks» – 1 ml tarkibida 30000 XB A vitamini, 40000 XB D3 vitamini va 20 mg E vitamini bo’lgan o’simlik moyidagi steril eritmadir.

Tashqi ko’rinishiga ko’ra «Trivitamiks» sariq rangdan och jigar ranggacha bo’lgan, o’simlik moyiga xos hidli shaffof moyli suyuqlikdir.

Preparat 10, 20, 50, 100,0 va 200,0 ml sig’imli shisha flakonlarda ishlab chiqariladi.

Preparat quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatning ko’rsatilgan saqlash sharoitlariga rioya qilingan holda yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan sanasidan 2 yil.

Trivitamiks majmuiy vitaminli preparat bo’lib, unda A (retinol palmitat yoki retinol atsetat), D3 (xolekalsiferol) va E (α-tokoferol atsetat) vitaminlari fiziologik asoslantirilgan nisbatda jamlangan, va hayvonning organizmiga moddalar almashinuvini me’yorga solish, yuqumli kasalliklarga rezistentligini oshirish, serpushtligini yaxshilash va yosh hayvonlarning o’sishini rag’batlantirishda namoyon bo’ladigan sinergik ta’sir ko’rsatadi.

A vitamini organizmning o’sishini tezlashtiradi va uning rezistentligini oshiradi, shuningdek epiteliyning himoyalash funksiyalarini kuchaytiradi va epitelial to’qimalarning regeneratsiyasiga yordam beradi. U jinsiy gormonlarning organizmga ta’siri bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Uning yetishmovchiligi bo’lganda, hayvonlarda ko’rish buzilishlari, kseroftalmiya, yangi tug’ilgan bolalarning kam yashovchanligi, oshqozon- ichak a’zolari va nasl qoldirish a’zolarining shilliq pardalarining kataral yallig’lanishi yuzaga kelishi, shuningdek nasl qoldirish qobiliyati yo’qolishi mumkin.

D3 vitamini organizmda minerallar almashinuvini me’yorga soladi. Uning yetishmovchiligi bo’lganda, hayvonlarda raxit yoki osteomalyatsiya, tetanik tomir tortishish va allotriofagiya kuzatiladi. E vitaminining yetishmovchiligi bo’lganda, hayvonlarda bepushtlik, o’sishining kechikishi, markaziy asab tizimining shikastlanishi (zntsefalomalyatsiya), jigar va mushak to’qimasining aynib buzilishi, shuningdek yog’lar va uglevodlar almashinuvining buzilishi kuzatiladi.

Preparat mushak ichiga, turi ostiga yoki og’iz orqali quyidagi dozalarda (bir bosh hayvonga) kiritiladi:

Hayvonlarning turlari Mushak ichiga yoki teri ostiga, ml Og’iz orqali, tomchi
Yirik qoramol 2,5 5
Otlar 2,0 4
Toychoqlar, buzoqlar 1,5 3
Qo’ylar, echkilar 1,0 2
Qo’zichoqlar 0,5 1
Cho’chqalar 1,5 3
Cho’chqachalar 0,5 1
G’ozlar, kurkalar - 1
Tovuqlar - 3ta boshga 1 ta

Preparat mushak ichiga yoki teri ostiga bir oy davomida haftada 1 marta kiritiladi. Zarur bo’lganda, preparatning inyeksiyalari bir oydan keyin takrorlanadi. Parenteral kiritish mumkin bo’lmaganda, preparat og’iz orqali, yaxshisi yem bilan aralashtirib, 3-4 hafta davomida har kuni beriladi. Preparat qo’llanishining samaradorligini oshirish uchun, hayvonlarning oziqlanish ratsionlari kalsiy, fosfor, magniy va mikroelementlar bo’yicha muvozanatlangan bo’lishi lozim.

Trivitamiks hayvonlarning gipo- va avitaminozlarida, kseroftalmiya, raxit, osteomalyatsiyani davolash va profilaktika qilish uchun qo’llanadi. Homiladorlik, sut emizish davrida, shuningdek organizm kasallikdan keyingi reabilitatsiya davrida qo’llash tavsiya etiladil.

Davolash dozalarida preparat hayvonlarning organizmiga nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparatni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar aniqlanmagan.

Preparatni qo’llashdan keyin hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish, hamda hayvonlar va parrandalar mahsulotlarini
oziq-ovqat maqsadlarida ishlatish hech qanday cheklashsiz amalga oshiriladi.