2017-yil 10-11-noyabr kunlari Samarqand qishloq xo‘jalik institutida “Veterinariya-2017” birinchi seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda kompaniyamiz tashkilotchi sifatida ishtirok etdi. Seminar davomida O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan 250 dan ortiq ishtirokchilar veterinariya, veterinariya preparatlari, oziqlantirish va veterinariya sohasi yangiliklariga oid masalalarni muhokama qildilar. Shuningdek, Biveco kompaniyasi ishlab chiqarish korxonalarimizga sayohat uyushtirdi.